Tibbiyot fanining otasi, ulug‘ hakim Abu Ali ibn Sino asalning ko‘plab xosiyatlarni keltirib o‘tadi: «Asal mijozni tozalaydi, qonning tomirlarda yurishini ravonlashtiradi,

go‘shtni buzilish va sasishdan saqlaydi. Yiringli, chuqur yaralarni tozalab qotiradi. Ko‘z xiraligidan xalos etadi. Bo‘g‘madan qutilishga yordam beradi. Bodomcha bezlari og‘rishining oldini oladi. Asal suvi me’dani kuchli qiladi. Ishtahani ochib, ovqat hazmini yaxshilaydi. Temiratkini asal va achchiqtosh aralashmasi yo‘q qiladi».